“Qo‘shrabot-Agro Star” MChJ tomonidan Qo‘shrabot va Ishtixon tumanlaridagi tomorqa yer egalari, dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilayotgan uzum va undan tayyorlanadigan mayiz mahsulotlarini xalqaro standartlar asosida sertifikatlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha eng maqbul taklifni tanlash tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlov doirasida GLOBALG.A.P. va EU Organic (Regulation (EU) 2018/848) talablari asosida tomorqa yer egalari, dehqon va fermer xo‘jaliklarini hamda uzum va mayiz mahsulotlarini sertifikatlash bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish nazarda tutiladi.